Makron, Shols va Dragi Kiyevga nega kelgani ma’lum bo‘ldi
Olam
−
16 iyun 2022
15521Bugun Kiyevga kelgan Fransiya Prezidenti Emmanuel Makron, Germaniya kansleri Olaf Shols va Italiya Bosh vaziri Mario Dragi Ukrainani Rossiya agressiyasiga qarshi kurashda qo‘llab-quvvatlashlarini namoyish etish niyatida. Bu haqda “Reuters” yozmoqda.
Xabarlarga ko‘ra, qo‘shma tashrifni tashkillashtirish bir necha hafta davom etgan. Yevropa Ittifoqining uch mamlakati yetakchilari Rossiya Federatsiyasining keng ko‘lamli bosqiniga munosabati uchun Ukrainadagi tanqidlarni yengib o‘tish niyatida.
“Bu muhim lahza. Bu biz ukrainaliklarga yuborayotgan birdamlik belgisidir”, deydi Makron Kiyevga yetib kelgach.
Yelisey saroyi vakili tashrif nega aynan hozir bo‘layotganiga javob berar ekan, buni Yevropa Ittifoqi sammiti oldidan amalga oshirish yaxshiroq bo‘lishini aytdi. Unda Kiyevning a’zolik haqidagi arizasi muhokama qilinadi. Ertaga, 17 iyun kuni bu masala bo‘yicha qaror Yevropa Komissiyasi tomonidan e’lon qilinishi kerak.
“Biz yevropaliklar Ukraina va uning xalqi qahramonona qarshilik ko‘rsatsa, ularga aniq siyosiy signallar yuborishimiz kerak bo‘lgan nuqtaga keldik”, deydi Makron ma’muriyatining nomini oshkor etmagan rasmiysi.
O‘z navbatida, 14 iyun kuni Dragi Rossiya bilan "imkon qadar tezroq" muzokaralarni boshlash zarurligini e’lon qildi. Shu bilan birga, u Ukraina maqbul deb hisoblagan shartlarda bo‘lishi kerakligini qo‘shimcha qilgan.
OAV ma’lumotlariga ko‘ra, Prezident Vladimir Zelenskiy uch yetakchi bilan uchrashuvda ularni Ukraina qurolli kuchlari rus bosqinchilariga qarshi turishda yordam berish uchun ko‘proq qurol yuborishga undaydi.
Shu bilan birga, Ukraina Ichki ishlar vazirining maslahatchisi Viktor Andrusivning yozishicha, Makron, Shols va Dragi Ukrainaga Yevropa Ittifoqiga nomzod va Putin bilan muzokara jarayoniga qaytish so‘rovini olib kelishmoqda.
LiveBarchasi