Makron odamlarni terrorizmga da’vat qilmoqda – Qodirov
Olam
−
27 Oktabr 2020
13852Checheniston rahbari Ramzan Qodirovning fikricha, Fransiya Prezidenti Emmanuel Makron yashirin ravishda musulmonlarni jinoyat sodir etishga da’vat qilmoqda. U bu haqda Telegram’dagi kanalida yozib qoldirdi.
“Makron payg‘ambarning karikaturalarini imonlilar azob bilan qabul qilishini bilishi kerak. Va o‘z harakatlari bilan olovni o‘chirish o‘rniga, aksincha, alanga olishiga sabab bo‘lmoqda. Har qanday aqlli rahbar bunday qilmagan bo‘lardi”, deyiladi xabarda.
Qodirovning so‘zlariga ko‘ra, Makron o‘zining bayonotlari bilan odamlarni terrorizmga chorlamoqda.
"Bu vaqt ichida eng yuqori insoniy qadriyatlar to‘g‘risida yolg‘on so‘zlarni gapirib, o‘zingizni tutishingiz va harakatlaringiz bilan odamlarni jinoyat qilishga majbur qilyapsiz", deb yozgan Qodirov.
Eslatib o‘tamiz, joriy yilning 16 oktyabr kuni Parij yaqinidagi Konflan-Sent-Onorin komunnasida tarix fani o‘qituvchining o‘ldirilishi ortidan yanada sovuqlashdi. O‘qituvchi darsda o‘quvchilarga buyuk payg‘ambar Muhammad (s.a.v.)ning "Charlie Hebdo" jurnalida chop etilgan karikaturasini ko‘rsatadi. Chechenistonda tug‘ilgan 18 yoshli Abdulak Anzorov o‘qituvchi Samyuel Patiga pichoq bilan hujum qilib, uni o‘ldiradi. Oradan ko‘p o‘tmay, politsiya qotilni otib tashlaydi. Ushbu voqea Makronning Islom olamiga qarshi bayonotlar bilan chiqishi va mamlakatda so‘z erkinligini qo‘llab-quvvatlashiga sabab bo‘ldi.
Shundan so‘ng, Turkiya va arab davlatlari fransuz mahsulotlariga boykot boshladi.
LiveBarchasi