Makron nega Afrikaga bormoqchi?
Olam
−
27 fevral 2023
6994Fransiya Prezidenti Emmanuel Makron Afrika bo‘ylab safarga chiqmoqchi. Bu haqda “Financial time” nashri xabar berdi.
Nashrga ko‘ra, Makronni ushbu safarda ularning ishlariga aralashishda qarshilik qo‘satmaydigan sobiq mustamlakachi davlatlarni o‘ziga qaratish borasida “qiyin jang” kutmoqda.
Afrika bo‘yicha ekspert Antuan Gleyserning ta’kidlashicha, Rossiyaning Afrika qit’asidagi ta’siri kuchaymoqda. Fransiya esa “Barxan” aksilterror operatsiyasi yakunlanganidan keyin mudofaa holatiga o‘tmoqda. Fransiya kompaniyalari esa bozordagi ulushidan mahrum bo‘lmoqda.
Makron Gabon, Angola, Kongo va Kongo Demokratik Respublikasiga tashrif buyurishni rejalashtirmoqda. Bu uning 2017 yilda prezidentlikka kelganidan beri Afrikaga o‘n sakkizinchi tashrifi bo‘ladi. O‘sha yilda Fransiya rahbari mintaqada yangi “teng sheriklik” yondashuvini amalga oshirishga va’da bergan edi.
2022 yilda fransuz harbiylari 2014 yildan buyon mintaqada davom etgan “Barxan” aksilterror operatsiyasi doirasida Malini tark etdi.
2021 yilning yozida Makron Saxel hududidagi harbiy ishtiroki modelini o‘zgartirishini e’lon qildi. “Barxan” operatsiyasi hozirgi ko‘rinishida yakunlanadi va uning o‘rniga mintaqa davlatlari va boshqa sheriklarni o‘z ichiga olgan xalqaro ittifoq tuzilishi aytildi.
Umida Muxtorbekova