Makron Livanga bordi
Olam
−
17 yanvar 3738 1 daqiqa
Bugun, 17 dekabr kuni Fransiya Prezidenti Emmanuel Makron Livan poytaxti Bayrut shahriga bordi. Bu haqda “Reuters” xabar berdi.
Qayd etilishicha, tashrifdan asosiy maqsad “yangi hokimiyat” vakillari bilan uchrashish, Livan rahbarlari bilan muloqot qilib, mamlakatdagi vaziyatni barqarorlashtirish va xavfsizlikni ta’minlash bo‘yicha kelishuvlarga erishish bo‘lgan. Makronni maxsus elchi, Harbiy ishlar vaziri va Tashqi ishlar vaziri kutib olgan.
Makron o‘z safari davomida Livan Prezidenti Jozef Aun, parlament rahbari Nabih Berri va yangi Bosh vazir Navaf Salam bilan uchrashuv o‘tkazishni rejalashtirgan. Qayd etilishicha, yaqin soatlar ichida BMT Bosh kotibi Antoniu Guterrishning ham Livanga tashrif buyurishi kutilmoqda.
Eslatib o‘tamiz, 9 yanvar kuni Livanda ikki yildan ortiq hokimiyat boshlig‘i va siyosiy inqirozdan so‘ng Prezident saylangandi. Livan Qurolli Kuchlari Bosh shtabi boshlig‘i Jozef Aun parlamentdagi ovoz berishning ikkinchi bosqichidan so‘ng mamlakatning 14-Prezidenti bo‘lgandi. Aun nomzodini 99 nafar deputat qo‘llab-quvvatlagan, ikki nafari qarshi ovoz bergan, yana 18 nafari esa betaraf qolgan.
Live
Barchasi