Makron koronavirusdan tuzaldi
Olam
−
24 dekabr 2020
2687Koronavirusga chalingan Fransiya Prezidenti Emmanuel Makronning sog‘lig‘i yaxshilandi. U ertaga, 25 dekabrdan boshlab izolyatsiya rejimidan chiqishi mumkin. Bu haqda Yelisey saroyi ma’lum qilgan.
Makronning 17 dekabr kuni COVID-19 ga topshirgan testida musbat natija aniqlangandi. U shundan so‘ng, Parij saroyini tark etib, La Lanterne'ning Versaldagi qarorgohiga ko‘chib o‘tgan va u yerdan mamlakatni onlayn ravishda boshqarishda davom etgan.
Qayd etilishicha, Makronning yangi tahlili unda virus yo‘qligini ko‘rsatgan. Bu esa Prezident o‘z ofisiga qaytishi mumkinligini anglatadi.
Makron bilan muloqotda bo‘lgan Fransiya Bosh vaziri Jan Kasteks va Milliy assambleya spikeri Rishar Ferranda koronavirus aniqlanmagan.
So‘nggi ma’lumotlarga ko‘ra, Fransiyada koronavirus bilan kasallanganlar soni 2,51 million kishidan oshgan. 62 mingdan ortiq bemor COVID-19 kasalligidan vafot etgan.
Ma’lumot o‘rnida, 11 dekabrdan boshlab mamlakatda soat 20:00 dan 6:00 gacha amalda bo‘ladigan komendantlik soati joriy qilingan. Shuningdek, 15 dekabrdan rasmiylar Fransiyadagi karantinni va mamlakat ichkarisida harakatlanish uchun cheklovlarni bekor qilishgan.
LiveBarchasi