Makron Xitoy rahbaridan yordam so‘ramoqchi
Sport
−
16 aprel
7846Fransiya Prezidenti Emmanuel Makron Parijda bo‘lib o‘tadigan Olimpiya o‘yinlari vaqtida barcha mavjud mojarolarda o‘t ochishlarni to‘xtatishga erishmoqchi. Bu haqda u BFMTV telekanaliga bergan intervyusida aytdi.
“Biz Olimpiada kelishuvi ustida ishlaymiz. Men bu ishga ko‘plab sheriklarimizni jalb qilishga harakat qilaman, bir necha haftadan so‘ng Xitoy Xalq Respublikasi Raisi Parijga keladi, men undan yordam so‘rayman”, deydi Prezident.
Makron Parijdagi Olimpiada o‘yinlari vaqtida Rossiya va Ukraina o‘rtasidagi urushni to‘xtatmoqchi. Rossiya Prezidenti Vladimir Putin Makronning ushbu tashabbusiga munosabat bildirar ekan, Rossiya har qanday taklifni ko‘rib chiqishga tayyorligini, biroq o‘z manfaatlaridan va Shimoli-sharqiy harbiy okrug hududidagi vaziyatdan kelib chiqib qaror qilishini bildirgan.
Ma’lumot uchun, Olimpiya o‘yinlari shu yilning 26 iyulidan 11 avgustiga qadar bo‘lib o‘tadi.