Makron Ispaniyani g‘alaba bilan tabrikladi
Sport
−
15 iyul 3454 1 daqiqa
Fransiya Prezidenti Emmanuel Makron Jahon chempionati yarim finalida Fransiyani mag‘lub etgan Ispaniya terma jamoasini tabrikladi. Bu haqda Makron ijtimoiy tarmoqdagi sahifasida fikr bildirdi.
Bugun, 15 iyul kuni AQSH, Kanada va Meksika mezbonlik qilayotgan 2026 yilgi Jahon chempionatining yarim finalida Ispaniya Fransiyani 2:0 hisobida mag‘lub etdi. Arlington (Texas) shahrida bo‘lib o‘tgan uchrashuvda ispanlar finalga yo‘llanmani qo‘lga kiritdi.
“Ispaniyani finalga chiqqanligi bilan tabriklayman. Mamlakatimiz sharafini fidokorona himoya qilgan Fransiya terma jamoasiga rahmat. Bugungi mag‘lubiyat og‘ir, ammo bu jamoa yosh va uning kelajagi buyuk”, deydi Makron.
Eslatib o‘tamiz, 2026 yilgi Jahon chempionati joriy yilning 19 iyul kuni o‘z yakuniga yetadi. Ikkinchi yarim finalda Angliya va Argentina terma jamoalari o‘zaro bahs olib boradi. Ushbu bahs bugun, 15 iyul kuni bo‘lib o‘tadi.
Live
Barchasi