Makron Fransiyada harbiy ishlab chiqarishni oshirishga chaqirdi

Olam

image

Fransiya harbiy ishlab chiqarishni oshirishi kerak. Bu haqda mamlakat Prezidenti Emmanuel Makron janubi-g‘arbiy Berjerak provinsiyasidagi yangi Eurenco porox zavodiga tashrifi chog‘ida so‘z ochdi.

"Dunyo o‘zgarmoqda va biz hammamiz Ukrainani qo‘llab-quvvatlash uchun ham, o‘zimizni himoya qilish uchun ham ko‘proq ishlab chiqarishimiz kerak", degan Makron. 

Prezidentning qo‘shimcha qilishicha, butun Yevropa va butun dunyoda harbiy ishlab chiqarish ko‘paymoqda. Shuningdek, Makron Fransiya Ukrainaga yetkazib berayotgan Caesar o‘ziyurar qurollarini ishlab chiqarishni allaqachon uch barobarga oshirganiga ma’lum qildi. O‘q-dorilarga kelsak, u Eurenco zavodi Ukrainadagi harbiy operatsiya boshlanganidan beri o‘q-dorilar ishlab chiqarishni ikki baravar oshirganiga ishontirdi.

“Biz bundan ham uzoqroqqa boramiz. Shvetsiyadagi mavjud ishlab chiqarishga qo‘shiladigan Berjerakdagi yangi zavod ishlab chiqarishni yana ikki baravar oshirishga imkon berishi kerak”, deydi Fransiya rahbari. 

U boshqa mudofaa kompaniyalaridan ham "urush iqtisodiyoti" ga o‘tishni tezlashtirishni, shu jumladan Kiyevni qo‘llab-quvvatlashni talab qildi.


Maqola muallifi

Teglar

Frantsiya Makron

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing