Makron Fransiya harbiylarini “ertangi urushga” tayyorlanishga chaqirdi

Olam

image

Fransiya Prezidenti Emmanuel Makron ertangi urushga tayyorgarlik ko‘rishga chaqirdi. Bu haqda Prezident kecha, 14 iyul kuni milliy bayram munosabati bilan fransuz armiyasining yuqori saflariga yo‘llagan an’anaviy murojaatida so‘z ochdi.

Fransiya Prezidenti Ukraina mojarosidan olingan saboqlarni hisobga olish zarurligini ta’kidlab, armiyani qayta qurollantirishni tezlashtirishga va 2025 yilgi harbiy dasturga tuzatishlar tayyorlashga chaqirdi. Tuzatish faqat tafsilotlar va mablag‘larning taqsimlanishiga ta’sir qiladi.

Qayd etilishicha, maqsad o‘zgarishsiz qolmoqda – qabul qilingan harbiy byudjet doirasida mamlakatni yuzaga kelishi mumkin bo‘lgan yuqori intensiv mojaroga tayyorlash. Bu 2024-2030 yillar davomida xarajatlarni avvalgi byudjetga nisbatan 40 foizga oshirish, 413 milliard yevroni tashkil etishni nazarda tutadi.


Maqola muallifi

Teglar

Frantsiya Emmanuel' Makron

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing