Makron Attalning iste’fosini qabul qildi

Olam

image

Fransiya Prezidenti Emmanuel Makron Gabriel Attalning Bosh vazir lavozimidan iste’fosini qabul qildi. Bu haqda Yelisey saroyi o‘z kommyunikesida ma’lum qildi.

Shu bilan birga, davlat rahbari amaldagi hukumatga “yangi Vazirlar Mahkamasi shakllantirilgunga qadar joriy masalalar ko‘rib chiqilishini ta’minlash”ni topshirdi.

Attal “Renessans” partiyasining parlamentdagi fraksiyasi rahbari etib saylangani sababli iste’foga chiqdi. Shu tariqa, Attal va prezidentlik koalitsiyasidan deputat etib saylangan 17 nafar hukumat vazirlari Fransiya Milliy Assambleyasi (parlament quyi palatasi) yig‘ilishlarida ishtirok etishlari mumkin bo‘ladi, birinchi majlisi 18 iyulga belgilangan.

O‘z navbatida, saylov natijalariga ko‘ra Milliy assambleyada eng ko‘p o‘rinlarni qo‘lga kiritgan "Yangi xalq fronti" so‘l alyansi Bosh vazir lavozimiga qo‘shma nomzodlik borasida haligacha konsensusga erishgani yo‘q.

Fransiya Kommunistik partiyasi rahbari Faben Russelning fikricha, nomzod juda yaqin vaqt ichida aniqlanishi kerak.

“Agar yaqin bir necha soat yoki kun ichida yechim topmasak, bu falokat va saylovchilarga hurmatsizlik bo‘ladi”, deydi u BFMTV telekanalida.

Hukumatning eng muhim dolzarb ishlari qatorida 26 iyuldan 11 avgustgacha Parijda bo‘lib o‘tadigan Olimpiya o‘yinlari bilan bog‘liq masalalarni hal qilish ham bor.

Ma’lumot uchun, 34 yoshli Gabriel Attal 9 yanvar kuni Bosh vazir lavozimiga tayinlanib, Fransiya tarixidagi eng yosh hukumat rahbariga aylangan.

Eslatib o‘tamiz, 8 iyulga o‘tar kechasi Gabriel Attal Prezident Emmanuel Makronga o‘z iste’fosini taqdim etishini aytgandi. Biroq o‘shanda Makron uning iste’fosini qabul qilishdan bosh tortdi.


Maqola muallifi

Teglar

Frantsiya Gabriel' Attal' Emmanuel' Makron

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing