Makregor Habibni terrorchiga chiqardi
Sport
−
11 iyul
4383Ikki karra yengil vazn toifasida sobiq UFC chempioni irlandiyalik Konor Makgregor UFC shon-shuhrat zali a’zosi, rossiyalik Habib Nurmuhammedov haqida ijtimoiy tarmoqdagi sahifasiga post joylab, keyinroq yozganlarini o‘chirib yubordi.
“Habib terrorchi. U qochgan davlatidan jiddiy qarzdor”, deydi Makgregor.
Qayd etish joiz, Rossiya Federal soliq xizmati (FNS) 297 million rubl qarzi sabab Nurmuhammedovning hisob raqamlarini muzlatdi.
Ma’lumot uchun, Konor Makgregor va Habib Nurmuhammedov o‘rtasidagi jang 2018 yilning noyabr oyida Nyu-Yorkda UFC 229 turnirida bo‘lib o‘tgan. Jang to‘rtinchi raundda bo‘g‘ish uslubi evaziga Habib foydasiga hal bo‘lgandi.