Makkada o‘g‘rilik qilgani aytilayotgan o‘zbekistonlik ayollarning boshi olinishi haqida ovozli xabar tarqaldi

Jamiyat

image

Ijtimoiy tarmoqlarga Xorazm viloyatida yashovchi uch nafar ayolning Haj safari paytida o‘g‘rilik qilgani uchun qatl etilib, boshini Arabistonga olib ketishmoqchi ekani haqida ovozli xabarlar sizdirildi. Ularda aytilishicha, uch nafar ayol Haj safariga borgan paytida Makka shahrida do‘kondan tilla taqinchoqlarni o‘g‘irlagani uchun Arabistonga kelsa, qo‘lini chopishlari, kelmasa kallasini chopib Arabistonga olib borishmoqchi bo‘lishgan. Xorazm viloyati Ichki ishlar boshqarmasi holatga munosabat bildirib, ushbu xabarlarni yolg‘on deb topdi

Ma’lum qilinishicha, mazkur ovozli xabarda nomlari keltirib o‘tilgan fuqarolarning Xorazm viloyati Ichki ishlar boshqarmasiga qilgan murojaatiga asosan tekshiruvlar olib borilgan. Natijada ushbu ovozli xabarlarni tarqatgan shaxslar aniqlangan.

Dastlabki surishtiruvlar jarayonida ular ushbu ovozli xabarlarni hech qanday asossiz tarqatgani ma’lum bo‘lgan.

“Hozirgi paytda ovozli xabarlarni tarqatgan shaxslarning xatti-harakatlari yuzasidan tergovga qadar tekshiruv ishlari olib borilmoqda”, deyiladi xabarda.


Maqola muallifi

Teglar

o'g'rilik Makka tilla taqinchoq

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing