Maxsus videoreportaj: “Ichkari shahar”ga sayohat

Bu qiziq

“Ichkari shahar” Ozarbayjon poytaxti Bakuning yuragi sanaladi. V-XII asrga oid bo‘lib, Bakuga tashrif buyurgan sayyohlar ushbu shaharchani ziyorat qilmasdan ketmaydilar. 

Ichkari shaharning maydoni 221 ming kv metr. Uni qalin va mustahkam qal’a devorlari o‘rab turadi. “Ichkari shahar”  xorijlik sayyohlar va mahalliy aholi eng ko‘p tashrif buyuradigan maskan sanaladi. 

Unda kafe va restoranlar, hunarmandchilik buyumlari do‘konlari, tarixiy uylar joylashgan. Unda hamon 1300 dan ortiq oila istiqomat qiladi.

Shaharchada Qiz qal’asi, Shirvonshohlar saroyi, Juma masjidi, Shirvonshohlar hammomi kabi tarixiy obidalar mavjud. Bular orasida eng mashhuri Qiz qalasi tarixiy obidasidir.  

Shaharcha YUNESKOning umumjahon meros ob’ekti ro‘yxatiga kiritilgan, bundan tashqari Qiz qalasining o‘zi ham alohida umumjahon meros ob’ekti sifatida YUNESKO ro‘yxatidan joy olgan 

“Ichkari shahar”da 1968 yilda Leonid Gaydayning “Brilliantovaya ruka” filmi suratga olingan. Ushbu film sharafiga restoran ochilgan. Bu yerga kelgan mehmonlar film bosh qahramoni Yuriy Nikulin yiqilgan nuqtada to‘xtab, suratga tushishlari odatga aylangan. 


Maqola muallifi

Teglar

Ozarbayjon Baku Ichkari shahar

Baholaganlar

24

Reyting

4

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing