Maxachqal’ada neft tankeri portladi
Olam
−
11 iyun 2019 4666 1 daqiqa
Bugun, 11 iyun kuni Dog‘iston (Rossiya) poytaxti Maxachqal’a shahridagi dengiz portida tanker portladi. Natijada ikki kishi halok bo‘ldi. Bu haqda “Komsomolskaya pravda” xabar berdi.
Portlash tongda neftni boshqa joyga o‘tkashi vaqtida yuz bergan. Falokatda halok bo‘lganlardan tashvari yana ikki kishi jabrlangan. Ular shahar kuyish markaziga olib borilgan.
Hozirda portlash bo‘lgan joyda kuchli tutun saqlanib qolyapti. FVV xodimlari neft mahsulotini sovutish maqsadida tankerni yuvishni davom ettiryapti. Qayd etilishicha, ularning dengizga quyilish xavfi yo‘q.
Rossiya FVV saytida berilgan ma’lumotga ko‘ra, voqea joyida 57 nafar tezkor xizmat xodimlari va 15 ta maxsus texnika ishlayapti. Portlash vaqtida tankerda 12 kishi bo‘lgani ma’lum. Dengizchilardan biri hamon qidirilyapti.
Live
Barchasi“Boysun do‘ppisi” patentlandi
16 sentabr
Ronald Kumanning ayoli 65 yoshida vafot etdi
16 sentabr