Maxachevning navbatdagi jangi tafsilotlari ma’lum bo‘ldi
Sport
−
14 mart 2589 1 daqiqa
UFC yarim o‘rta vazn toifasidagi chempioni rossiyalik Islom Maxachev keyingi jangini irlandiyalik Ien Gerriga qarshi o‘tkazadi. Bu haqda jurnalist Ruben Karter xabar berdi.
Manbaga ko‘ra, UFC 329 turniri Saudiya Arabistonida o‘tkaziladi. Markaziy jangda Islom Maxachev Ian Gerriga qarshi oktagonga ko‘tariladi. Tomonlar jangni o‘tkazish bo‘yicha shartnoma imzolagan.
Ma’lumot uchun, Islom Maxachev 34 yoshda. Uning professional rekordi 28 ta g‘alaba va 1 ta mag‘lubiyatni tashkil qiladi. U ilgari yengil vazn toifasida chempionlik kamarini qo‘lga kiritgan va hozirda UFC’ning birinchi raqamli da’vogaridir.
Ien Gerri esa 28 yoshda bo‘lib, MMA’da 17 ta g‘alaba va 1 ta mag‘lubiyatga ega.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq UFC prezidenti Dana Uayt Maxachevni jarohati sabab Oq uy turniriga kiritmaganini aytib o‘tgan edi. Shundan so‘ng ispaniyalik jangchi Iliya Topuriya Mexachevni jangdan qochganlikda ayblab chiqdi.