Maxachev Edvards bilan kamar uchun jang qilmoqchi

Sport

image

Yengil vazn toifasida UFC chempioni Islom Maxachev yarim o‘rta vaznga ko‘tarilib, britaniyalik Leon Edvardsga qarshi kamar uchun jang qilmoqchi. Bu haqda uning o‘zi OAVga bergan intervyusida ma’lum qildi.

Unga ko‘ra, Maxachev ikki toifada ham chempion bo‘lib, tashkilotning vaznidan qat’iy nazar eng yaxshi jangchilari (P4P) reytingida birinchi pog‘onani egallamoqchi.

“Ikki vazn toifasida chempion bo‘lishimga ishonaman. Men uni mag‘lub eta olaman. Ismini unutdim... Edvards. U yaxshi himoyaga ega, lekin men bilan umuman boshqacha bo‘ladi. Men Edvards bilan stoykada ham greplingda ham jang qila olaman, bu muhim emas. Menga imkoniyat berishsa, bo‘ldi”, deydi sportchi.

Ma’lumot uchun, Islom o‘z kamarini tashkilotning eng yengil vazndagi chempioni, P4P yetakchisi Aleksandr Volkanovskidan muvaffaqiyatli himoya qilganiga qaramay, haligacha reytingda mag‘lub sportchidan pastda, 3-o‘rinda ko‘rsatilmoqda.

“Men Edvardsni yutishimga ishonaman. Balki ikkinchi kamarni olganimda UFC meni P4P reytingida birinchi o‘ringa joylashtirar”, deya ta’kidladi Maxachev.

Muhsinjon Umurzoqov


Maqola muallifi

avatar

.

Teglar

UFC Islom Maxachev Leon Edvard

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing