Maxachev chempionlik kamari uchun jangga kirishmoqchi

Sport

image

Rossiyalik mohir UFC jangchisi Islam Maxachev Den Xukerni mag‘lubiyatga uchratganidan so‘ng yengil vazn toifasidagi jangchilar reytingida 4-o‘ringa ko‘tarilib oldi. Bu orqali u keyingi jangda kamarga da’vogarlik qilishga umid qilmoqda.

“Shanba oqshomi va dekabr oyida mening vazn toifamda ikkita muhim, faoliyatim uchun ahamiyatli jang bo‘lib o‘tadi. Yaxshi holatda menda keyingi jangimdayoq UFC kamari uchun oktagonga chiqish imkoniyati yuzaga keladi. Men anchadan beri bu kunni kutyapman. O‘tkazgan janglarim va qozongan g‘alabalarimdan kelib chiqib, chempionlik jangiga haqliman deb o‘ylayman”, deydi Maxachev. 

Ushbu janglar Toshkent vaqti bilan ertaga tongda Maykl Chendler va Jastin Geytji o‘rtasida bo‘lib o‘tadi. G‘olib chempionlik kamari uchun da’vogarga aylanadi. Chempion Charlz Oliveyra esa 11 dekabr kuni da’vogar Dastin Poredan kamarini himoya qiladi. Agar Chendler g‘alaba qozonib, Oliveyra kamarini o‘zida saqlab qolsa, Maxachevning imkoniyatlari keskin oshadi.


Maqola muallifi

Teglar

UFC Dastin Por'e Islam Maxachev Charl'z Oliveyra

Baholaganlar

105

Reyting

2.9

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing

online_predictionLive

Barchasicall_made