Makgregorning nima sabab Oq uydagi turnirda qatnashmasligi aytildi

Sport

image

Ikki vazn toifasida sobiq UFC chempioni Konor Makgregorнинг menejeri Oudi Attar irlandiyalikning nima uchun amerikalik jangchi Maykl Chendler bilan jang qilmagani va Oq uyda bo‘lib o‘tgan turnirni o‘tkazib yuborganini tushuntirdi. Bu haqda Oudi Attar “Yahoo sports” nashriga bergan intervyusida so‘z ochdi. 

“Konor har doim o‘z merosi va faoliyati uchun mantiqan to‘g‘ri bo‘lgan janglarni tanlaydi. O‘sha bosqichda Chendler bilan bo‘ladigan jang unga kerakli natijani bermasdi. Oq uyga kelsak, bu vaqt va to‘g‘ri raqib masalasi edi. Biz taklifni hurmat qilamiz, lekin bizning boshqa ustuvorliklarimiz ham bor edi. Endi MakGregor Maks Xolloueyga qarshi qaytmoqda va uni haqiqatan ham rag‘batlantiradigan narsa aynan shu chaqiruvdir”, deydi Attar.

Eslatib o‘tamiz, joriy yilning 11 iyul kuni Las-Vegas shahrida Konor Makgregor amerikalik sobiq chempion Maks Xolloueyga qarshi jang qiladi.


Maqola muallifi

Teglar

UFC Oq uy Konor MakGregor

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing