Makgregorga o‘zbek choponi sovg‘a qilindi
Sport
−
27 noyabr 2023
8461Irlandiyalik UFC jangchisi Konor Makgregor o‘z Instagram sahifasiga o‘zbekona to‘n kiyib tushgan suratini joyladi.
Ma’lum bo‘lishicha, choponni Konorga o‘zbekistonlik sportchi, Makregorning sparring sherigi Bahromjon Ro‘ziyev sovg‘a qilgan. Hozirgi vaqtda 35 yoshli Makgregor bo‘lajak jangiga BAAda tayyorgarlik ko‘rmoqda.
“Shanba oqshomida iste’dodli jangchilar jamoasi bilan sparring o‘tkazdik. Do‘stim, bo‘lajak UFC yulduzi Bahromjon Ro‘ziyevga o‘zbek milliy libosini sovg‘a qilgani uchun rahmat aytaman. Bu menga Dolcegabbana'ni eslatdi”, deydi Makgregor.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq irlandiyalik jangchi O‘zbekiston aholisiga o‘z salomlarini yo‘llagandi.
LiveBarchasi