Makgregor va Pore. Yanvarda revansh o‘tkazilishi mumkin
Sport
−
03 Oktabr 2020
9738UFC Prezidenti Dana Uayt ikki vazn toifasida sobiq chempion Konor Makgregor va amerikalik Dastin Pore o‘rtasida revansh jang o‘tkazilishiga taklif bildirdi. Jurnalist Fara Xannun bu haqda xabar qilgan.
Qayd etilishicha, UFC rahbari 2021 yilning yanvar oyida jangni tashkil qilishga tayyorligini bildirgan.
Uaytning so‘zlariga ko‘ra, Pore bu taklifga allaqachon rozi bo‘lgan. Makgregor esa hali munosabat bildirib ulgurmagan.
Ma’lumot uchun, irlandiyalik va Pore o‘rtasidagi birinchi jang 2014 yilning 27 sentyabrida o‘tkazilgan. Jang Makgregorning nokaut evaziga erishgan g‘alabasi bilan yakunlangan.
LiveBarchasi
Putin xalqiga murojaat qildi.
21 noyabr