Makgregor rossiyalik sportchini barcha davrlarning eng yaxshi jangchilaridan biri deb atadi

Sport

image

Ikki vazn toifasida sobiq UFC chempioni Konor Makgregor o‘z Instagram sahifasiga mashhur rossiyalik MMA ustasi Fyodor Yemelianenko haqidagi videoni joyladi. Videoga izoh berib:

“Barcha davrlarning eng yaxshi jangchilaridan biri! Shubhasiz, bu Fyodor!", deb yozgan Makgregor.

Ma’lumot uchun, so‘nggi jangida Fyodor amerikalik Timoti Jonson bilan to‘qnashgan edi. Jang Bellator 269 turniri doirasida bo‘lib o‘tdi. Yemelianenko birinchi raunddayoq nokaut evaziga g‘alaba qozongandi. 

Yemelianenko professional faoliyati davomida jami 47 ta jang o‘tkazgan. Janglardan 40 tasida g‘alaba qozongan, 6 marta mag‘lub bo‘lgan, yana bir jangning natijasi esa hisobga olinmagan.


Maqola muallifi

Teglar

UFC Makgregor

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing