Makgregor oktagonga qaytmoqda. U Oq uyda jang qiladi
Sport
−
20 Sentabr 7756 1 daqiqa
37 yoshli sobiq yarim yengil (-66 kg) va yengil (-70 kg) vazn toifalarida UFC’ning ikki karra chempioni, irlandiyalik Konor Makgregor navbatdagi jangini amerikalik Maykl Chandlerga qarshi o‘tkazadi. Bu haqda u “Fox News” telekanaliga bergan intervyusida ma’lum qildi.
Jang 2026 yilning iyun oyi oxirida AQSH Prezidentining rasmiy rezidensiyasi – Oq uy hududida bo‘lib o‘tadigan UFC turnirida tashkil etiladi.
“Men maydondaman, Maykl Chandler bilan jang qilaman. Biz u bilan The Ultimate Fighter shousida birga qatnashganmiz. U yaxshi yigit”, deydi Makgregor.
Eslatib o‘tamiz, irlandiyalik jangchi aralash yakkakurash qoidalari bo‘yicha oxirgi marta 2021 yil iyulida UFC 264 turnirida oktagonga chiqqan edi. O‘shanda u yengil vazn toifasida UFC ning sobiq vaqtinchalik chempioni amerikalik Dastin Porega birinchi raundda (oyoq jarohati sababli) texnik nokaut bilan yutqazgan edi. Uning professional rekordida jami 22 g‘alaba va olti mag‘lubiyat bor.
Live
Barchasi