Makgregor oxirgi jangidan qancha ishlab topgani aniq bo‘ldi
Sport
−
04 mart
7428Ikki karra yarim yengil vazn toifasida sobiq UFC chempioni irlandiyalik Konor Makgregor 70 kg vazn toifasidagi sobiq chempion amerikalik Dastin Pore bilan uchinchi jangi uchun 30 million dollardan ko‘proq daromad olgan. Bu haqda Makregor “Boxing Man” X sahifasidagi post ostida izoh qoldirdi.
Ma’lum bo‘lishicha, yaqindagina Saudiyada o‘tgan boks oqshomida qatnashgan 12 nafar bokschining umumiy gonorari 30,5 million dollarni tashkil qilgan.
Makgregor bu ma’lumotni e’tibordan chetda qoldirmadi .
“Agar to‘lov ma’lumotlari aniq bo‘lsa aytishim mumkinki, men 2021 yilda UFC oktagonidagi so‘nggi chiqishim uchun bu bokschilarning barchasidan ko‘proq pul ishlab topganman. Mening chiqishim UFC uchun sotilgan chiptalar va pullik translyatsiyalar bo‘yicha rekord o‘rnatgandi”, deb yozdi Makgregor.
Qayd etish joiz, 2021 yilda aynan Porega qarshi jang Konorning tashkilotdagi oxirgi chiqishi bo‘lib turibdi. Mana 4 yildan beri 36 yoshli jangchi oktagonga qaytmayapti. Makgregor MMA'da 22-6 rekordga ega.
LiveBarchasi