Makgregor-Chendler jangi qachon o‘tkazilishi ma’lum bo‘ldi
Sport
−
25 aprel 2023 7920 1 daqiqa
Irlandiyalik UFC jangchisi, ikki vazn toifasida sobiq chempion Konor Makgregor amerikalik Maykl Chendler bilan qachon jang o‘tkazishini ma’lum qildi.
“Jang yoz oxirrog‘ida bo‘ladi”, deydi Makgregor.
Chendlerga qarshi bahs Makgregorning 2021 yil iyulidan beri ilk jangi bo‘ladi. Oxirgi jangini irlandiyalik sportchi amerikalik Dastin Porega qarshi o‘tkazib, texnik nokautga uchragandi. Umumiy olganda Konor MMA'da 22 g‘alaba va 6 mag‘lubiyat qayd etgan.
Qizig‘i, Chendler ham oxirgi jangida aynan Porega yutqazgandi. Chendler-Pore jangi o‘tgan yili noyabr oyida o‘tkazilgan. Jangda Dastin bo‘g‘ish usuli bilan raqibidan ustun kelgandi.
Live
Barchasi