Makgregor “Chelsi” uchun qancha to‘lashga tayyorligini aytdi

Sport

image

Avvalroq ikki vazn toifasida sobiq UFC chempioni Konor Makgregor “Chelsi” klubini sotib olish haqida o‘ylayotgani xabar qilingandi. 

Makgregor o‘zining Twitter'dagi sahifasida “Chelsi”ni sotib olish uchun o‘z taklifini ham bildirdi.

“Men 1,5 milliard funt sterlinglik taklifimni ilgari suraman”, degan Konor ingliz klubini baholab.

Eslatib o‘tamiz, “Chelsi”ga 2003 yildan beri egalik qilib kelayotgan rossiyalik milliarder Roman Abramovich Britaniya hukumatining bosimi ostida klubni sotishga qaror qildi. Abramovich aktivlarini 3 milliard funt sterlingga sotish niyatida.

Ma’lumot uchun Abramovich davrida “ko‘klar” besh karra Angliya chempioni, ikki karra Chempionlar ligasi va Yevropa ligasi g‘olibi va bir marta UEFA Superkubogi sohibiga aylandi. Bundan tashqari, London klubi ushbu davrda besh marta Angliya kubogini, uch marta Liga kubogini va ikki marta Angliya Superkubogini qo‘lga kiritdi.

Shaxboz Qahhorov


Maqola muallifi

avatar

.

Teglar

Makgregor “Chelsi”

Baholaganlar

536

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing