Maqtaral toshqin suvlaridan to‘liq tozalandi

Olam

image

Qozog‘istonning Turkiston viloyati Maqtaaral tumanidagi suv bosgan qishloqlar to‘liq tozalandi. Toshqin suvlari daryo va kanallar o‘zaniga qaytarildi. Bu haqda Turkiston viloyati hokimi o‘rinbosari Saken Kalkamanov ma’lum qildi.

“Xushxabar bilan bo‘lishishga shoshilyapman! Maqtaral tumanidagi suv bosgan barcha aholi punktlari tozalandi. Hokimiyat vakillari, Favqulodda vaziyatlar qo‘mitasi, harbiylar va O‘zbekiston FVV sa’y-harakati bilan sardoba suv ombori suvini eng qisqa vaqtda kanal va kollektorlarga qaytarishga muvaffaq bo‘lindi”, degan amaldor ijtimoiy tarmoqdagi sahifasida.

Eslatib o‘tamiz, joriy yilning 1 may kuni Sirdar viloyatidagi “Sardoba” suv ombori to‘g‘onining yorilishi natijasida Turkiston viloyati Maqtaral tumanidagi Orgebas, Firdovsi, Janajol qishloqlarini suv bosgandi.

Qozog‘iston hukumati toshqindan zarar ko‘rganlar uchun 1000 ta uy qurib berishini ma’lum qilib, milliarder Alisher Usmonov xayriya qilgan mablag‘larni har bir oilaga 1000 AQSH dollaridan taqsimlab berdi.


Maqola muallifi

Teglar

Baholaganlar

42

Reyting

3.2

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing