Maqsud Shayxzoda haqida film suratga olinadi

Madaniyat-san’at

image

O‘zbekiston va Ozarbayjon kinoijodkorlari hamkorlikda Maqsud Shayxzoda haqida film suratga oladi. Bu haqda Kinematografiya agentligi axborot xizmati ma’lum qildi.

Unga ko‘ra, shu kunlarda Ozarbayjonda bo‘lib o‘tayotgan “O‘zbekiston fan va madaniyati kunlari”da Madaniyat vazirligi huzuridagi Kinematografiya agentligi va Ozarbayjon Kinematografiya agentligi o‘rtasida  O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan san’at arbobi, yozuvchi, dramaturg, Maqsud Shayxzoda haqida film yaratish bo‘yicha hamkorlik yo‘lga qo‘yildi.

Memorandum Kinematografiya agentligi direktori Firdavs Abduxoliqov va Ozarbayjon Respublikasi Madaniyat vazirligi huzuridagi kinematografiya agentligi direktori O‘rxan Fikret o‘g‘li tomonidan imzolangan.

“O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev 2023 yilda mamlakatimiz tarixiy shaxslari hayoti va ijodiga bag‘ishlangan 50 ta loyihadan iborat "Tirik tarix" turkumi ostida filmlar yaratish tashabbusini ilgari surdi. 7 yilga mo‘ljallangan dastur loyihasiga kiritilgan filmlardan biri “Maqsud Shayxzoda” qo‘shma kinoloyihasidir. Ishonamizki, ushbu kinomahsulotlar O‘zbekiston va Ozarbayjon xalqlari qalbidan joy oladi va xalqlarimiz o‘rtasidagi umumiy madaniy aloqalarni mustahkamlashga hissa qo‘shadi”, degan Firdavs Abduxoliqov.

O‘z navbatida Ozarbayjon kinematografiya agentligi direktori O‘zbekiston kinoijodkorlari bilan hamkorlikda ushbu filmdan tashqari yana boshqa mavzularda ham qo‘shma loyihalar ishlash rejasi borligini ma’lum qilgan.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Tokio-2020 Olimpiadasi g‘olibi, o‘zbekistonlik professional bokschi Bahodir Jalolov haqida  “Yengilmas. Tokioga yo‘l” filmi suratga olinishi haqida Kinematografiya agentligi xabar bergan edi.


Maqola muallifi

Teglar

Ozarbayjon fil'm Kinematografiya Maqsud Shayxzoda

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing