Mag‘lubiyat O‘zbekiston foydasiga ishlashi mumkin – Alisher Nikimbayev
Sport
−
15 noyabr
48177Jahon chempionati saralashi 5-turi doirasidan o‘rin olgan Qatar-O‘zbekiston o‘yinida uchralgan mag‘lubiyat sloveniyalik murabbiy Srechko Katanetsning prinsiplarini o‘zgarishiga turtki bo‘lishi mumkin. Bu haqda futbol mutaxassisi Alisher Nikimbayev o‘z Telegram sahifasida ma’lum qildi.
“Jamoamiz kecha mag‘lub bo‘lishi, g‘alaba qozonishi yoki durang o‘ynashi mumkin bo‘lgan o‘yinda mag‘lub bo‘ldi. Yakunda durang natijaga loyiq ko‘rindi, ammo durangni saqlab qolishning iloji bo‘lmadi. Qatar va KXDRga qarshi bahslardan durang kutayotganimni yozganimda, prognozim ko‘pchilikka yoqmagandi. Jamoa Laosda KXDRni mag‘lub etib, men taxminlarimni yo‘qqa chiqarish imkoniyatiga ega”, deydi Nikimbayev.
Shuningdek, mutaxassis Qatardan uchralgan mag‘lubiyat Srechko Katanetsning o‘z prinsiplari haqida bosh qotirishiga sabab bo‘lishini bildirdi.
“Aslida, bu mag‘lubiyat jamoaga ijobiy ta’sir ko‘rsatishi mumkin. Bu AQSHga chiptalarni bron qilishni boshlaganlarni biroz o‘ylab ko‘rishga undashi ehtimoli bor. Mag‘lubiyat Katanetsni o‘z prinsiplarining kamida bir qismini qayta ko‘rib chiqishga majbur qilishi mumkin. Ammo ijobiy ta’sir ishlashi uchun bir narsani tushunish kerak: asosiy dushmaningizni ko‘rish uchun siz oynaga qarashingiz kerak. Siz xatoni boshqalardan emas, o‘zingizdan izlashingiz kerak”, deydi mutaxassis.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq O‘zbekiston milliy terma jamoasi sardori Eldor Shomurodov Shimoliy Koreyaga qarshi o‘yinni o‘tkazib yuborishi xabar qilingandi.
U Qatar bilan bahsda jarohat olib, 21-daqiqada zaxiraga olindi.
LiveBarchasi