Kapadze terma jamoa murabbiylar shtabini tasdiqladi
Sport
−
06 fevral 9507 1 daqiqa
O‘zbekiston milliy terma jamoasi bosh murabbiyi Temur Kapadze Jahon chempionati-2026 saralash bahslari oldidan o‘z murabbiylar shtabi tarkibini tasdiqladi. Bu haqda O‘zbekiston futbol assotsiatsiyasi matbuot xizmati xabar berdi.
Bosh murabbiy qaroriga ko‘ra, shu vaqtga qadar milliy jamoa shtabini tashkil etgan murabbiylar o‘z ishini davom ettiradigan bo‘ldi, ya’ni terma jamoaning sobiq ustozi, sloveniyalik Srechko Katanetsning yordamchilari Alesh Chex va Vlado Rodmanovich o‘z ishida faoliyat yuritishda davom etadi.
Ma’lumot uchun, O‘zbekiston milliy jamoasi mart oyida yig‘inga kirishadi va Jahon chempionati saralash bosqichi doirasida Qirg‘iz Respublikasi hamda Eron terma jamoalariga qarshi bahs olib boradi.
Eslatib o‘tamiz, yanvar oyida Kapadze terma jamoa ustozi etib tayinlangandi.
Sloveniyalik Srechko Katanets esa sog‘ligida muammo sabab, o‘z roziligiga ko‘ra iste’foga chiqdi.
Live
BarchasiNamanganda yana zilzila bo‘ldi
06 dekabr