Magistraturaga qabul natijalari e’lon qilindi

Jamiyat

image

2025-2026 o‘quv yili uchun davlat oliy ta’lim tashkilotlarining magistratura mutaxassisliklariga qabul bo‘yicha natijalar e’lon qilindi. Bu haqda Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi xabar berdi.

Qayd etilishicha, elektron tizim orqali onlayn ro‘yxatdan o‘tgan fuqarolarning arizalari to‘liq ko‘rib chiqilgan. Talabgorlar natijalarni my.edu.uz elektron tizimi orqali shaxsiy kabinetidan bilishi mumkin.

2025-2026-o‘quv yili uchun davlat oliy ta’lim muassasalarining magistratura mutaxassisliklariga o‘qishga kirish uchun qabul 7 iyul kuni boshlangan edi va u 30 iyulga qadar (shu kuni ham) davom etdi.

Bu yilgi qabul jarayonlari nisbatan kech boshlangandi. O‘tgan o‘quv yili uchun qabul 2024 yil 1 iyul kuni boshlangan edi.

Ma’lumot uchun, magistratura mutaxassisliklariga tanlovlarda belgilangan talab darajasidagi milliy yoki xalqaro sertifikatga ega shaxslar ishtirok etishi mumkin.


Maqola muallifi

Teglar

OTM Magistratura qabul natijalari

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing