Rasman: magistraturaga qabul boshlandi
Jamiyat
−
07 iyul 4691 1 daqiqa
2025–2026-o‘quv yili uchun davlat oliy ta’lim muassasalarining magistratura mutaxassisliklariga o‘qishga kirish uchun qabul boshlandi. Bu haqda Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi xabar berdi.
Unga ko‘ra, o‘qishga kirish uchun hujjatlarni topshirish jarayoni my.edu.uz platformasi orqali 30 iyulga qadar (shu kuni ham) davom etadi.
Bu yilgi qabul jarayonlari nisbatan kech boshlandi. O‘tgan o‘quv yili uchun qabul 2024 yil 1 iyul kuni boshlangan edi.
Ma’lumot uchun, magistratura mutaxassisliklariga tanlovlarda belgilangan talab darajasidagi milliy yoki xalqaro sertifikatga ega shaxslar ishtirok etishi mumkin.
Eslatib o‘tamiz, joriy yilning 10 iyun kunidan 2025-2026 o‘quv yili uchun akademik litseylarga umumta’lim maktablarining 9-sinf bitiruvchilaridan hujjatlarni onlayn qabul qilish boshlangandi. Ushbu qabul 10 iyulga (shu kuni ham) qadar davom etadi.
Live
Barchasi