Magistratura imtihonlari qachon o‘tkazilishi aytildi

Jamiyat

image

O‘zbekistonda  2020-2021 o‘quv yili uchun magistratura bosqichiga kirish uchun hujjat topshirish joriy yilning 1 iyulidan boshlanib, 30 iyulgacha davom etadi. Kirish imtihonlari esa 3 – 15 avgust kunlari bo‘lib o‘tishi rejalashtirilgan. Bu haqda O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining ijtimoiy rivojlantirish masalalari bo‘yicha o‘rinbosari Bekzod Musayev Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligida o‘tayotgan brifingda ma’lum qildi.

“Magistratura bosqichida o‘qishni davom ettirish uchun talabgorlar onlayn tarzda Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining veb-sayti va magistr.edu.uz sayti orqali ro‘yxatdan o‘tishlari mumkin. 

Joriy yilda talabgorlar hujjat topshirish uchun OTMga kelmaydi”, deydi Musayev. 

Eslatib o‘tamiz, kuni kecha O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “2020/2021 o‘quv yilida O‘zbekiston Respublikasining oliy ta’lim muassasalariga o‘qishga qabul qilishning davlat buyurtmasi parametrlari to‘g‘risida”gi qarori qabul qilindi. Qaror bilan 2020/2021 o‘quv yili uchun qabul kvotalari tasdiqlanib, magistratura – 10 425 nafar abituriyentni qabul qilish belgilandi. Kvota bu navbatdagi o‘quv yilida 35 foizga yoki 2720 nafarga ortdi. 


Maqola muallifi

Teglar

magistratura kirish imtihoni

Baholaganlar

2473

Reyting

3.1

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing