Magistratura imtihoni uchun maxsus joy tashkil qilinadi
Jamiyat
−
12 avgust 2020
5553Magistraturaga hujjat topshirgan abituriyentlar qaysi OTMni tanlaganidan qat’iy nazar har bir hududda tashkil qilingan maxsus joyda kompyuter orqali onlayn tarzda test topshirig‘ini bajaradi. Bu haqda Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi mas’ul xodimi Bahriddin Shayvaliyev ma’lum qildi.
Yo‘nalishlar bo‘yicha tayanch OTM testni ishlab chiqadi va testlarning maxfiyligi ta’minlanadi.
“O‘sha yo‘nalish bo‘yicha hujjat topshirgan talabgorlar qaysi oliy ta’lim muassasasini tanlaganidan qat’i nazar bir xil testni ishlaydi. Masalan, pedagogika yo‘nalishi bo‘yicha turli OTM talabalari uchun testlar bir xil bo‘ladi”, deydi Shayvaliyev.
Vazirlik vakilining so‘zlariga ko‘ra, hamma o‘zi istagan joydan onlayn tarzda test topshirmaydi.
“Ko‘pchilik odamlar magistratura imtihonlari onlayn bo‘lishi haqidagi ma’lumotni noto‘g‘ri tushunib, hamma o‘zi xohlagan joyda test sinovlarini bajarishi mumkin, deb o‘yladi. Lekin bunday qilinsa, shaffoflikni ta’minlashning imkoni bo‘lmaydi. Shuning uchun imtihon uchun maxsus joy tashkil qilinadi”, dedi u.
Eslatib o‘tamiz, magistraturaga kirish imtihonlari ham 2 sentyabrdan boshlanishi belgilangan.
LiveBarchasi