MAGATE Zaporoje AESidan portlovchi moddalar topmadi
Olam
−
05 iyul 2023
3868MAGATE tashkiloti xodimlari Zaporoje atom elektr stansiyasida portlovchi buyumlar o‘rnatilgani bo‘yicha hech qanday alomatlarni aniqlamadi. Bu haqda tashkilot Bosh direktori Rafael Grossi ma’lum qildi.
"Oxirgi tekshiruvlarimiz davomida biz AESda hech qanday portlovchi moddalarni aniqlamadik, ammo biz hushyorlikni saqlashda davom etamiz", deydi Grossi.
Shuningdek, u janglar stansiyaga juda yaqin joyda kechayotganini, shu munosabat bilan MAGATE xodimlari vaziyat haqida doimiy ravishda xabar berishini aytgan.
Ma’lumot uchun, Yevropadagi eng yirik atom elektr stansiyasi bo‘lgan Zaporoje AESi Energodar shahrida joylashgan bo‘lib, u umumiy quvvati 6 GVt bo‘lgan oltita quvvat blokini o‘z ichiga oladi.
Eslatib o‘tamiz, kecha, 4 iyul kuni Ukraina Prezidenti Vladimir Zelenskiy rossiyalik harbiylar Zaporoje atom elektr stansiyasining bir nechta energobloklari tomiga “portlovchi moddalarga o‘xshash buyumlar” o‘rnatganini da’vo qilgandi.
LiveBarchasi