MAGATE rahbari Eronga keldi. Uning niyati nima?

Olam

image

Bugun, 4 mart kuni Atom energiyasi bo‘yicha xalqaro agentlik (AEXA – MAGATE) bosh direktori Rafael Grossi Tehronda Eron tashqi ishlar vaziri Husayn Amir Abdullaxon bilan muzokaralar o‘tkazdi. Bu haqda Eronning IRNA agentligi xabar berdi.

Qayd etilishicha, ushbu uchrashuv MAGATE bosh direktori va Eron Atom energiyasi tashkiloti rahbari Muhammad Eslamiy o‘rtasidagi muzokaralardan so‘ng bo‘lib o‘tgan. Grossi va Tashqi ishlar vaziri muhokama qilgan mavzular ochiqlanmagan.

MAGATE bosh direktori kecha, 3 mart kuni kechqurun Tehronga kelgan va Eron Atom energiyasi tashkiloti rahbari bilan ikki raund muzokaralar olib borgan. Grossining ta’kidlashicha, muloqot jiddiy, muzokaralar muhiti esa ijobiy bo‘lgan. Shuningdek, u Tehronga ishchi tashrifi chog‘ida Eron tomonining hamkorlikka bo‘lgan kayfiyatini qayd etgan. 
 
Manbaga ko‘ra, MAGATE rahbarining tashrifidan ko‘zlangan maqsad rasmiy Tehron bilan Erondagi yadroviy ob’ektlarni tekshirishda ishtirok etadigan MAGATE inspektorlari sonini ko‘paytirish masalasini muhokama qilish bo‘lgan. Shuningdek, Grossi Eron Prezidenti Ibrohim Raisiy qabulida bo‘lib, Eron yadroviy kelishuvi bo‘yicha muloqotni qayta boshlashni muhokama qilish rejalashtirilgan. Biroq shu paytgacha Grossi va Raisiy o‘rtasida o‘tkazilishi mumkin bo‘lgan uchrashuv haqida rasmiy ma’lumot berilmagan.

Eslatib o‘tamiz, oldinroq Eronning yadroviy qudrati yuksalayotgani, atigi 12 kun ichida bir yadroviy bomba yasay olishi aytilgandi. Bu esa ko‘plab davlatlarni xavotirga solib qo‘ygandi. 


Maqola muallifi

Teglar

Eron MAGATE

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing