Maduro: “Venesuela xalqi uni qanday uloqtirib yuborishini ko‘rib qo‘ysin”
Olam
−
21 fevral 2019
8289Nikolas Maduro o‘z-o‘zini prezident deya e’lon qilgan muxolifatchi Guaydoni masxaraboz dedi va uni Venesuelada saylovlar o‘tkazishga chaqirdi.
Tibbiyot universiteti bitiruvchilari oldida nutq so‘zlagan Maduro “Vashington tomonidan yuborilgan bu odam avvalo saylovlarda qatnashsin va ovoz berayotganda, Venesuela xalqi uni qanday uloqtirib yuborishini ko‘rib qo‘ysin”, deya ta’kidlab o‘tdi.
Bundan avvalroq, Venesuela rahbari Vashington tomonidan urinilayotgan xar qanday davlat to‘ntarishiga yo‘l qo‘ymaslika va’da bergan edi.
Eslatib o‘tamiz, 8 fevral kuni Venesuela prezidenti, muxolifat vakillari mamlakat hukumati bilan muzokara olib borishdan cho‘chiyotganini ta’kidlagan edi.
20 fevral kuni Kubaning Tashqi ishlar vaziri Bruno Rodriges AQSH hukumatini Venesuela hududiga o‘z harbiylarini yuborganlikda aylab, butun dunyo xamjamiyatini Bolivar Respublikasining suverenitetini hurmat qilish va himoyalashga chaqirdi.
LiveBarchasi