Maduro hibsga olinganda egnida bo‘lgan kiyim trendga aylandi

Olam

image

Venesuela prezidenti Nikolas Maduroning Nike kiyimidagi hibsga olingan surati internetda tarqalganidan so‘ng, aynan shunday kiyimga bo‘lgan talab keskin oshib ketdi. Bu haqda “The Economic Times” nashri ma’lum qildi.

Xabarda aytilishicha, AQSH Prezidenti Donald Trampning buyrug‘i bilan Maduroning qo‘lga olinishi ortidan Venesuela yetakchisining egnida bo‘lgan kulrang Nike Tech Fleece kostyumi qidiruv tizimlarida ommalashgan, xaridorlar esa mahsulot tanqisligidan shikoyat qila boshlagan. Kostyum to‘plamining narxi esa 260 dollarga yetdi. Shunga qaramay “Maduronikidek” kostyumga bo‘lgan talab oshishda davom etmoqda. 

Maduroning samolyot bortida tushgan surati tezda internetda tarqalgan va hibsga olingan prezidentning tashqi ko‘rinishi xaridorlarga yoqib tushgani sababli, Nike Tech Fleece kostyumi bo‘yicha Google’dagi qidiruvlar keskin ko‘paygan. Shuningdek, foydalanuvchilar talab oshgani bois mahsulot yetishmasligi haqida xabar bergan, ayniqsa, Venesuela rahbarining kiyim o‘lchami bo‘lgan 3XL hajmida tanqislik kuzatilgan. 

Nashrning yozishicha, kulrang kostyum hozircha kompaniyaning rasmiy saytida sotuvda mavjud. To‘plam narxi 260 dollar bo‘lib, shundan 140 dollari kurtka, 120 dollari shim narxiga to‘g‘ri keladi.


Maqola muallifi

Teglar

Maduro Nike kiyimi

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing