Isroil Madrimovning raqibi ham aniq bo‘ldi

Sport

image

Oldinroq, o‘zbekistonlik professional bokschi Isroil Madrimov joriy yilning 8 iyun kuni navbatdagi jangini o‘tkazishi haqida xabar bergan edik. Ammo jang sanasi ma’lum bo‘lsada, uning raqibiga oydinlik kiritilmagan edi.

Kecha, 28 may kuni Madrimov jangini kimga qarshi o‘tkazishi ma’lum bo‘ldi. Unga ko‘ra o‘zbek bokschisi o‘sha kuni meksikalik Norberto Gonsalesga qarshi ringga ko‘tariladi. 

Ma’lumot uchun, Norberto shu kungacha prof boksda 35 ta jang o‘tkazib, ularning 23 tasida g‘alaba qozongan (13 ta nokaut). 12 marotaba mag‘lub bo‘lgan (2 ta nokaut). Isroil Madrimov esa prof ringda ikki marotaba jang o‘tkazib, ularning har ikkisida ham raqiblarini nokaut evaziga mag‘lub etgan. 

Eslatib o‘tamiz, jang 8 iyun (Toshkentda 9 iyun tongida) Nyu-York shahridagi mashhur “Medison Skver-Garden”da o‘tkaziladi. Jang oqshomining markaziy to‘qnashuvi qozog‘istonlik Gennadiy Golovkin ishtirokida bo‘lib o‘tadi.


Maqola muallifi

Teglar

Isroil Madrimov Boks

Baholaganlar

28

Reyting

3.1

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing

online_predictionLive

Barchasicall_made