Madrimov Kroufordga ochkolar hisobida mag‘lub bo‘ldi (video)
Sport
−
04 avgust
15065Vazn toifasidan qat’i nazar (P4P) reytingiga kirish uchun o‘zbekistonlik bokschi Isroil Madrimov 3 avgust kuni AQSHning Los-Anjeles shahridagi 22 ming tomoshabin sig‘imiga ega “BMO Stadium” arenasida kechaning markaziy jangida amerikalik Terens Kroufordga qarshi ringga ko‘tarildi. Kaliforniya shtatida o‘tgan boks oqshomida Madrimov afsonaviy Kroufordga mag‘lub bo‘ldi.
WBA kamari hamda birinchi o‘rta vaznda egasiz bo‘lib turgan WBO kamari o‘rtaga qo‘yilgandi va ushbu kamarlarga Krouford ega chiqdi.
“U deyarli barcha janglarni nokaut bilan yutgan. Men oxirigacha munosib jang qildim va g‘alaba qozondim deb o‘ylayman. Men revansh istayman. Jangni nazorat qildim va buni barcha ko‘rdi. Bundan buyon ham shu tarzda ishtirok etishga harakat qilaman. To‘g‘ri, u dunyoning eng zo‘r bokschisi. Men esa 10 ta jang o‘tkazganman. Lekin, munosib jang qildim deb o‘ylayman. Meni qo‘llab-quvvatlagan barchaga rahmat”, degan Isroil Madrimov Krouford bilan jangdan so‘ng.
Amerikalik bokschi bungacha faoliyatidagi 40 ta jangdan 31 tasida nokaut bilan g‘alaba qozongandi. Madrimov Krouford bilan tengma-teng kechgan jangda ochkolar hisobiga mag‘lub bo‘ldi.
LiveBarchasi