Madrimov to‘rtinchi jangida muddatidan avval g‘alaba qozondi

Sport

Professional boksning super yarim o‘rta vazn toifasida (-69,85) faoliyat olib borayotgan o‘zbekistonlik Isroil Madrimov g‘alabali seriyasini davom ettirdi. 

AQSHning Nyu-Yorkdagi “Madison Square Garden” arenasida meksikalik raqibi Alexandro Barreraga (29-6, 18 KO) qarshi o‘zining to‘rtinchi jangini o‘tkazdi.

Alexandro Barreroga qarshi 10 raundga mo‘ljallangan jang muddatidan avval yakunlandi. Beshinchi raund davom etayotgan payt Barrero Madrimovning kuchli seriyalarini juda ko‘p o‘tkazib yubordi va vaziyatni to‘g‘ri baholagan referi bahsni to‘xtatishga qaror qildi. 

Shu tariqa Madrimov o‘zining to‘rtinchi jangida ham nokaut bilan g‘alaba qozonib, professional boksdagi muvaffaqiyatli ishtirokini davom ettirmoqda.


Maqola muallifi

Teglar

boks Isroil Madrimov Alexandro Barrera

Baholaganlar

49

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing