Madrimov-Krouford jangining promo-roligi e’lon qilindi (video)

Sport

image

Joriy yilning 3 avgust kunida o‘zbekistonlik professional bokschi, Butunjahon boks assotsiatsiyasi (WBA kamari sohibi Isroil Madrimov amerikalik mashhur charm qo‘lqop ustasi, P4P reytingi yetakchilaridan biri Terens Krouford bilan jang qiladi. Jang tashkilotchilari to‘qnashuvning promo-roligini e’lon qildi.

Promo-rolikda Krouford va Madrimovning janggacha bo‘lgan davrgacha bosib o‘tgan og‘ir va mashaqqatli yo‘llari ifoda etilgan. Rolikda Madrimov va Krouford jang qilayotgan vaqtda tanaffus e’lon qilinadi va ikki bokschi ham biroz xayol surib, bolalikdagi hayot tarzini eslaydi. Oiladagi qiyin davrlar va bokschi bo‘lgungacha qilgan mehnatlari har ikki charm qo‘lqop ustasining ko‘z oldidan o‘tadi. Nihoyat, tanaffus tugab, Madrimov va Krouford yana bir-birini zarbalar bilan “siylash”ni boshlaydi. 

Ma’lumot uchun,  Super yarim o‘rta vazn toifasida WBA kamari sohibi Isroil Madrimov 3 avgust kuni Kroufordga qarshi yarim o‘rta vazn toifasida mutlaq jahon chempioni, WBC va WBA kamarlari egasi yengilmas Terens Kroufordga qarshi o‘ziga tegishli WBA chempionlik kamari hamda birinchi o‘rta vaznda vakant, ya’ni egasiz bo‘lib turgan vaqtinchalik WBO kamari uchun jang qiladi.


Maqola muallifi

Teglar

Isroil Madrimov Terens Krouford

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing

online_predictionLive

Barchasicall_made