Madrimov faoliyatidagi eng muhim jangni aytdi

Sport

image

O‘zbekistonlik professional bokschi Isroil Madrimov qaysi jang faoliyatida eng muhimi bo‘lganligini aytib o‘tdi. Sportchi fransiyalik charm qo‘lqop ustasi Mishel Sorroga qarshi dastlabki to‘qnashuvini karerasidagi asosiy bahs hisoblashini ma’lum qildi. 

“Fransiyalik Mishel Sorroga qarshi birinchi jangim faoliyatimidagi eng muhim bahslardan biri bo‘ldi deya olaman. Bu jang O‘zbekistonda bo‘lib o‘tgandi. Bosim ham ikki hissa kuchli edi. Shuningdek, Sorroni yutsam chempionlik jangida qatnashishim kerak edi. Unga qarshi birinchi jang uchun juda qattiq mehnat qildim. Bu men uchun katta tajriba bo‘ldi”, deydi Madrimov.

Ma’lumot uchun, Madrimov va Sorro o‘rtasidagi dastlabki jangda o‘zbekistonlik bokschining qo‘li baland kelgandi, biroq fransiyalik bokschi jamoasining talabiga binoan jang qaytadan tashkil qilindi. Ikkinchi jangda esa Sorro 3-raundda qoshi yorilib, bahsni davom ettirolmasligini ma’lum qilgandi. Natijada ikkinchi to‘qnashuvda durang qayd etildi.

Eslatib o‘tamiz, Isroil Madrimov 18 yanvar kuni QALAMPIR.UZ saytiga bergan intervyusida Sorroga qarshi uchinchi jang o‘tkazilmasligini aytgandi.


Maqola muallifi

Teglar

boks Madrimov

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing