Madrimov bilan jangdan so‘ng Soro jamoasi WVA’ga protest yo‘lladi

Sport

b7

Fransiyalik bokschi Mishel Soro joriy yilning 17 dekabr kuni Toshkentda o‘tkazilgan boks oqshomida Isroil Madrimovdan uchralgan mag‘lubiyatdan so‘ng, WVA’ga protest berdi.

Soro bilan hamkorlik qiladigan “Y12 Management” kompaniyasi rahbari Yoxan Zaui jang natijasi yuzasidan WVA’ga shikoyat xati yo‘llagan. Ushbu shikoyatda, jang natijasi bekor qilinishi va qaytadan tashkil etilishi so‘ralgan.

Eslatib o‘tamiz, “Matchroom Boxing” kompaniyasi tomonidan Toshkentda o‘tkazilgan boks oqshomida o‘rta vazn toifasi jangchisi Isroil Madrimov (8-0-0) fransiyalik Mishel Soroni (35-3-1) 9-raundda texnik nokautga uchratgan edi. 

Qiziq  tomoni shundaki, referi Salvador Salvaning harakatlari tufayli jangning yakuni ikki jamoa vakillari hamda muxlislar o‘rtasida bahs-munozaralarni keltirib chiqardi. To‘qqizinchi raundning so‘nggi soniyalarida Madrimov raqibni kuchli zarbalari bilan muvozanatdan chiqargan, biroq na bokschilar, na hakam bong ovozini eshitmagan. 

Soro jamoasi esa nokautga sabab bo‘lgan zarbalar bongdan so‘ng berilganini iddao qilib, natijadan norozi bo‘lgan.
 


Maqola muallifi

Teglar

WBA Madrimov Soro Protest

Baholaganlar

262

Reyting

2.9

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing