Madrimov 2 oy ichida 2 ta jang qiladigan bo‘ldi

Sport

image

O‘zbekistonlik professional bokschi Isroil Madrimov keyingi yil fevral oyida “Riyadh Season” tomonidan o‘tkaziladigan boks kechasida ham jang qiladi. Bu haqda musobaqa matbuot xizmati xabar berdi.

Manbaga ko‘ra, 22 fevral kuni bo‘ladigan turnirda Madrimov amerikalik Virjil Ortisga qarshi ringga ko‘tariladi. Undan avval esa 29 yoshli o‘zbekistonlik charm qo‘lqop ustasi 21 dekabr kuni ukrainalik Sergey Bogachuk bilan jang qiladi.

Madrimovning 25 fevral kuni bo‘lib o‘tadigan jangi rossiyalik bokschilar Artur Beterbiyev va Dmitriy Bivol o‘rtasidagi revansh to‘qnashuv doirasida bo‘lib o‘tadi. Madrimovning Bogachukka qarshi jangi esa og‘ir vazndagi superyulduzlar Tayson Fyuri va Aleksandr Usikning o‘rtasidagi musobaqadan o‘rin olgan.

Ma’lumot uchun, Madrimovning fevral oyidagi raqibi 26 yoshli Virjil Ortis shu vaqtga qadar profboksda 22 marta ringga ko‘tarilib, barcha jangda g‘alaba qozongan va janglarining 21 tasida raqiblarini nokautga uchratgan. Madrimov esa profboksda 10-1-1 rekordiga ega.


Maqola muallifi

Teglar

Isroil Madrimov Sergey Bogachuk Virjil Ortis

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing