Video: Madridda kuchli portlash yuz berdi

Olam

Reklama
0:00

Bugun, 20 yanvar kuni Ispaniya poytaxti Madridning Puerta-de-Toledo tumanida kuchli portlash yuz berdi. Bu haqda “El Mundo” nashri xabar berdi.

Portlash shahardagi binolardan biriga jiddiy zarar yetkazgan. Natijada binoning 4 qavati vayron bo‘lgan. Portlashga gaz sizib chiqishi sabab bo‘lgani taxmin qilinyapti.

Portlashda 6 kishi jarohatlangani aytilmoqda. Ulardan biri og‘ir ahvolda. Shuningdek, bir necha kishi halok bo‘lgan.

Hozirda evakuatsiya ishlari boshlangan.


Maqola muallifi

Teglar

Baholaganlar

102

Reyting

3.2

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing