Madrid “bo‘rilari” argentinalik futbolchini kuzatmoqda

Sport

image

“River Pleyt” hujumchisi Xulian Alvaresni Madrid klublari (“Real” va “Atletiko”) jiddiy tarzda kuzatib bormoqda.

“Marca” nashri xabariga ko‘ra, 21 yoshli futbolchi hozirgi darajasini saqlab qolsa, “Real Madrid” u bilan shartnoma imzolash variantini ko‘rib chiqishi mumkin. Shuningdek, argentinalik futbolchi xizmatlaridan “Atletiko” ham foydalanmoqchi.

Eslatib o‘tamiz, Alvares joriy yilda Argentina terma jamoasi tarkibida Amerika kubogi chempioni bo‘ldi va doimiy ravishda JCH-2022 saralash uchrashuvlariga jalb etildi. Lionel Skaloni murabbiyligidagi “albiseleste” 29 ochko jamg‘argan holda Jahon chempionatiga yo‘llanmani qo‘lga kiritgan.

Ma’lumot uchun, hujumchi joriy mavsum “River” safida 16 ta o‘yinda maydonga tushgan va 15 ta gol urib va 5 ta golli uzatmani amalga oshirgan. U ayni paytda Argentina chempionatining eng yaxshi to‘purari hisoblanadi.


 


Maqola muallifi

Teglar

Argentina FIFA CONMEBOL River Pleyt

Baholaganlar

9

Reyting

2.9

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing