Madonna sahnaga qaytmasligi mumkin – OAV

Madaniyat-san’at

image

Joriy yilning 24 iyun kuni amerikalik xonanda Madonna bakterial infeksiya yuqishi oqibatida shifoxonaning jonlantirish bo‘limiga yotqizilgandi. Oradan bir necha kun o‘tib shifoxonadan chiqqan xonanda hamon o‘zini yomon his qilayotgani va o‘rnidan turolmayotgani ma’lum bo‘ldi. Bu haqda TMZ xabar berdi.

Aytilishicha, 64 yoshli Madonna shifoxonadan chiqqaniga qaramasdan haligacha ko‘ngil aynishi bilan qiynalmoqda. Shuningdek, xonanda o‘zining gastrollaridan voz kechish niyatida emas. Biroq uning menejeri Gay Ozri shu yilning 15 iyuliga rejalashtirilgan birinchi shouni keyinroqqa qoldirmoqchi. Dunyo bo‘ylab gastrol 35 shaharni qamrab olishi rejalashtirilgan.

Qo‘shiqchi uchun bu tur 40 yillik tengsiz musiqa katalogini nishonlashda ulkan retrospektiv bo‘lishi kerak edi. Gastrol AQSHning Detroyt, Chikago, Nyu-York va Los-Anjeles kabi shaharlarida to‘xtab, 2024 yil yanvar oyida Shimoliy Amerikada yakunlanishi kerak. Xonandaning yaqinlari ham undan xastalikdan to‘liq qutilishi uchun tanaffus olishini so‘ramoqda. Bu masala bo‘yicha yakuniy qaror hali qabul qilinmagan.

Ma’lumotlariga ko‘ra, Madonna 2020 yil oxirida ham “Madam X” gastrolida jarohat olganidan so‘ng son almashtirish operatsiyasini boshdan o‘tkazgan.


Maqola muallifi

Teglar

Madonna

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing