Komadan uyg‘ongan Madonnaning aytgan birinchi so‘zi ma’lum bo‘ldi

Madaniyat-san’at

image

Kecha, 6 mart kuni "pop qirolichasi" Madonna Los-Anjelesdagi konsertida o‘zining o‘tgan yili jiddiy bakterial infeksiya tufayli shifoxonaga yotqizilgani va boshidan kechirganlari haqida gapirib berdi. Bu haqda “Sky news” nashri xabar berdi.

Qayd etilishicha, Madonna komadan uyg‘onganidan keyin birinchi marta o‘z muxlislariga og‘ir damlardagi hayotidan so‘z ochgan. Xonanda rejasidagi beshta shoudan birinchisini boshlar ekan, u 2023 yilda shifoxonaga yotqizilgani haqida nutq so‘zladi.

“Bu holat menga jismonan emas, balki hissiy jihatdan og‘irdir. Chunki men sizga haqiqiy hayotim haqida gapiryapman. Men ko‘p marta ot minish chog‘ida yiqilganman, suyaklarimni sindirganman, lekin hech narsa meni to‘xtata olmagan”, degan u.

 Madonnaning o‘tgan yozda sog‘lig‘i juda yomonlashgan, hatto u 4 kun davomida koma holatiga tushib qolgan. 

“Faqat, bor ovozim bilan "yo‘q" deb uyg‘onganimni eslayman. Ishonchim komilki, Xudo menga bu dunyo bilan xayrlashasanmi, degan men esa xohlamaganman”, deya qo‘shimcha qilgan Madonna.

Shuningdek, pop yulduzi uni hayotga qaytargan narsa – bu uning farzandlari ekanligini, ulardan ajralishni istamasligini aytgan. 

Eslatib o‘tamiz,2023 yilning 24 iyun kuni amerikalik xonanda Madonna bakterial infeksiya yuqishi oqibatida shifoxonaning jonlantirish bo‘limiga yotqizilgandi. Oradan bir necha kun o‘tib, shifoxonadan chiqqan xonandaning hamon o‘zini yomon his qilayotgani va o‘rnidan turolmayotgani ma’lum bo‘lgandi.

Ulkanbayeva Rayhona


Maqola muallifi

avatar

.

Teglar

Madonna "pop qirolichasi"

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing