“Madam Klod” bilan uning 7 nafar o‘zbekistonlik hamtovog‘i ham ushlangani ma’lum bo‘ldi
3-sahifa
−
07 yanvar
69780Joriy yilning 5 yanvar kuni Interpol tomonidan qizil bildirishnoma bilan “Xalqaro odam savdosi” jinoyati doirasida qidiruvga berilgan O‘zbekiston fuqarosi Nilufar Mirxonova Turkiyaning Chanoqqal’a viloyati Ayvajik tumanida qo‘lga olingani haqida xabar bergan edik.
Ko‘p o‘tmay, O‘zbekiston Respublikasi va Turkiya Respublikasining huquqni muhofaza qiluvchi organlari hamkorligida bir qancha jinoyatlar sodir etib qidiruvga berilgan yana 7 nafar O‘zbekiston fuqarolari qo‘lga olingani ochiqlandi. Bu haqda O‘zbekiston Respublikasining Istanbul shahridagi Bosh konsulxonasi xabar berdi.
Xabarda aytilishicha, 2024 yil boshidan uyushgan jinoiy guruhlar, giyohvand moddalar kontrabandasi, talonchilik va firibgarlik jinoyatlarini sodir etib, xalqaro qidiruvda bo‘lgan 8 nafar (Nilufar Mirxonova bilan) T.X., F.N., F.M., R.M., R.B., Sh.A. va N.D. joriy yilning 5 yanvar kuni Turkiya hududida qo‘lga olingan.
O‘tkazilgan tekshiruvlardan so‘ng Mirxonova Rossiya, Belarus, Qirg‘iziston, Turkmaniston va O‘zbekistondan ko‘plab ayollarni noqonuniy yo‘llar bilan Turkiyaga olib o‘tib, vositachilar orqali fohishaxonalarga sotgani aniqlangan.
Bosh Konsulxona Turkiyadagi o‘zbekistonliklardan qonunlarga amal qilishni, firibgarlarga aldanib qolmaslikni so‘ragan.
LiveBarchasi