Mahmud Murodovning jangi bekor bo‘ldi
Sport
−
09 aprel
8391O‘zbekiston tarixidagi birinchi UFC jangchisi Mahmud Murodovning shu yil 4 may kuni Braziliyada UFC 301 turniri doirasida Mishel Pereyraga qarshi o‘tkazilishi kerak bo‘lgan jangi bekor qilindi. Bu haqda sportchining o‘zi Instagram sahifasida ma’lum qildi.
Qayd etilishicha, Murodovda stafilakokk infeksiya borligi sababli uning bo‘lajak jangi bekor qilingan.
“20 kun ichida, ikkinchi marta, olib tashlash kerak bo‘lgan infeksiya aniqlandi va men jamoam bilan kelishgan holda jangni bekor qilishga qaror qildik”, deydi Murodov.
Ma’lumot uchun, 34 yoshli Mahmud Murodov shu vaqtga qadar UFCʼda 6 ta jang o‘tkazib, 3 tasida g‘alaba qozongan, 2 marta mag‘lubiyat alamini tatib ko‘rgan. Murodovning 1 ta jangi esa o‘tkazilmagan, deb qayd etilgan.
LiveBarchasi